365
Prezidentimizning Oliy majlisga murojaatida ta’kidlanganidek, “Yil
davomida budjet tizimi xodimlarining ish haqi, pensiya,
stipendiya va nafaqalar
miqdori inflyatsiya darajasidan yuqori miqdorda oshiriladi”
1
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq
to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5723-son farmoniga muvofiq 2019 yilning 1
sentyabridan eng kam ish haqi miqdori (EKIH) o‘rniga mehnatga haq to‘lashning
eng kam miqdori (MHTEKM), bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani
hisoblashning bazaviy miqdori kiritildi.
Hozirgi paytda qo‘llanilishiga ko‘ra, 2020 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga
haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) – oyiga 679330 so‘m;
bazaviy
hisoblash miqdori (BHM) – 223000 so‘m; pensiyani hisoblashning bazaviy
miqdori (PHBM) - 238 610 so‘m qilib belgilangan (12.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: