Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

12.3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari 
Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga 
bilim berish va kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi o‘zgarishlar munosabati bilan 
ish haqi shakli va tizimlari ham o‘zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning 
ikkita asosiy shakli – vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. 
Vaqtbay ish haqi
xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab 
to‘lanadigan ish haqidir.
U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq 
hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan 
belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, 
sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot 
ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita 
ishchiga bog‘liq bo‘lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat 
liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi. 
Ishbay ish haqi
ishchining ishlab chiqargan 
mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab to‘lanadigan 
ish haqidir.
Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori tarif 
stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.


362 
Ish haqi tizimi o‘z ichiga haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini 
hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan: 
- to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi; 
- ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi; 
- ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi. 
To‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimida
ishlab chiqarish me’yori qay darajada 
bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif 
bo‘yicha to‘lanadi. 
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi
bir qancha ko‘rsatkichlar, 
masalan, reja topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat 
darajasi ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin