358
1.
Ish haqi to‘g‘risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish
xususiyati mavjud bo‘lib, uning murakkab va ko‘p qirrali iqtisodiy jarayon
ekanligi ma’lum darajada e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har
birida ish haqining u yoki bu tomoniga to‘g‘ri baho berilgan bo‘lib,
ularda
foydalanish mumkin bo‘lgan ijobiy mazmun mavjuddir.
2.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning
erishgan darajasiga, ya’ni
umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi,
uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Chunki shu
mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi.
Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo‘ladi.
3.
Ish haqining miqdori ishchi kuchini
takror ishlab chiqarishga, ishchining
o‘zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo‘lishi lozim.
4.
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati
unumdorligi bilan bog‘liq bo‘ladi.
5.
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning
erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir
ishchiga to‘g‘ri kelgan miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham u mehnat
miqdori, malakasi bir xil bo‘lsa-da, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo‘lishi
mumkin.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif
berib aytish
mumkinki,
Dostları ilə paylaş: