355
summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini
(asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;
c) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalarning ta’sirini
bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni bir maromda to‘xtovsiz
amalga oshirishni kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar
va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda
ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
d) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining
tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni,
ta’lim tizimini, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu
ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida amalga oshirilib, davlat budjetiga
tushuriladi va u yerda qayta taqsimlanib turli yo‘nalishlar xarajatiga yo‘naltiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi
zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari
o‘rtasida belgilangan tartib qoidalar asosida taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining
ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda
qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari – mulkdorlarning
mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ularning omilli daromadlari sifatida
shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari
ko‘rinishini oladi.
Dostları ilə paylaş: