347
Ushbu salbiy oqibatlarni bartaraf qilish maqsadida mamlakatimizda
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan “2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqildi va unda iqtisodiyotni intensiv omillar
hisobiga rivojlantirishni ta’minlaydigan bir qator aniq vazifalar belgilab qo‘yildi.
Respublikada iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish orqali uning tarmoq va sohalarida
foyda me’yorining oshishiga faqatgina “...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
texnik
va
texnologik
jihatdan
yangilash,
ishlab
chiqarish,
transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan
faol investitsiya siyosatini olib borish” orqali erishish mumkin.
1
Iqtisodiy tahlil va kuzatuvlarimiz shuni ko‘rsatdiki, olinayotgan foyda bir
tomondan, YaIM hajmi va qo‘shimcha mahsulot massasining oshish natijasi bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, har bir korxona, tarmoq va hudud foydani ko‘paytirishga
intilib, YaIM va qo‘shimcha mahsulotning to‘xtovsiz ko‘payib borishiga ta’sir
ko‘rsatmoqda. Foyda YaIM hajmini ko‘paytirishni rag‘batlantirishning o‘ta
ta’sirchan richagi bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini
rivojlantirishda ushbu richagdan unumli foydalanish zarur.
Dostları ilə paylaş: