348
erishish ishlab chiqarish xarajatlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ishlab
chiqarish xarajatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
3.
Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondashadi. Muayyan
xarajatlar doirasida foyda olishning eng yaxshi imkoniyatlarini ta’minlashi kerak.
Muayyan foyda doirasida esa xarajatlarni shunday optimal darajaga keltirish
kerakki, bunda ishlab chiqarishni moliyalashtirish ko‘p sarf talab etmasin.
4.
Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo‘linadi: ishlab chiqarish xarajatlari va
muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun
sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom-ashyo, yoqilg‘i, energiya, ishchi
kuchi, amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni
realizatsiya jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan sarflardir. Ular sof muomala va
qo‘shimcha muomala xarajatlariga bo‘linadi. Sof muomala xarajatlari foyda
hisobidan qoplansa, qo‘shimcha muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi.
5.
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o‘z resurslari
yoki jalb qilingan resurslar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki
tashqi xarajatlarga bo‘linadi. Tashqi xarajatlar korxona ishlab chiqarish jarayonida
zarur bo‘lib, tashqaridan jalb qilingan resurs va xizmatlarga to‘lovlarni amalga
oshirishi uchun sarflanadigan xarajatlardir. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan
resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday
xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini
baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozor narxlariga
taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
6.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir etish darajasiga qarab doimiy va
o‘zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga
(qisqarishi yoki ortishi) ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, uning o‘sishiga ham
bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida
ham mavjud bo‘ladi. O‘zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar
miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta’sir qiladigan xarajatlarga
349
aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar
yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi.
7.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o‘stirish uchun qisqa muddatli davrda faqat
o‘zining o‘zgaruvchi xarajatlari miqdorini o‘zgartirishi mumkin. Boshqacha
aytganda, qisqa muddatli davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari
o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa
resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali o‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab
chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.
8.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o‘zgaruvchi xarajatlari
miqdorini o‘zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.
Uzoq muddatli davr – bu
korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari
miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir. Bu yerda shuni ta’kidlash
lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr
davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.
9.
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib
tashlangandan keyin qolgan qismi yalpi foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar
sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha
mahsulot esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai
qo‘shimcha mahsulotdir.
10.
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to‘lovlari),
banklarga (olingan ssuda uchun foiz) to‘lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib
tashlansa korxona sof foydasi qoladi.
11.
Foydaning
o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi
o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
hisobiga, yoki narxning oshishi hisobiga erishish mumkin.
Dostları ilə paylaş: