370
kasaba uyushmasi a’zolari faqat malakali mutaxassislardan tarkib topsa, uni yopiq
tarzda tashkil etish ham mumkin bo‘ladi.
Chunki ish beruvchilar bu qadar katta miqdordagi malakali mutaxassislarni
ishdan bo‘shatib, ular o‘rniga boshqalarini qabul
qilish imkoniyatiga ega
bo‘lmaydilar. Biroq, o‘ziga malakasiz yoki past malakali ishchilarni birlashtirgan
kasaba uyushmasi a’zolikni cheklay olmaydi, bunday holatda ish beruvchilar bu
ishchilarni kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmagan ishchilar
bilan almashtirish
imkoniyatiga ega bo‘lib, bu holat kasaba uyushmasining amal qilish zaruratini
yo‘qqa chiqaradi.
Agar tarmoq kasaba uyushmasi mazkur tarmoqdagi deyarli barcha ishchilarni
birlashtira olsa, u holda ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma tuzishda kasaba
uyushmalari korxona ma’muriyatini o‘z ta’siri doirasida ushlab tura oladi.
Ma’muriyat tomonidan ularning
shartlari inkor etilgan holda, ishchilarni ish
tashlashga undash orqali kasaba uyushmalari korxonani ishchi kuchi taklifidan
to‘liq mahrum etishi mumkin.
Ochiq turdagi kasaba uyushmasining ish haqi darajasiga ta’sirini
quyidagi
rasm orqali ko‘rish mumkin (12.2-rasm).
Ish haqi
darajasi
D
Dostları ilə paylaş: