Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
1.
Mahsulot va daromadlarni taqsimlash ham doim bir xil bo‘lmay, balki shu 
davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik 
munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, 
ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo‘lgan, yerga esa davlat 
mulki bo‘lib turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, 
jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar 
o‘rtasida taqsimlanadi. 
2.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida 
mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi 
deb yuritiladi. 
3.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat 
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol 
me’yori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 
4.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, 
balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. 
O‘z-o‘zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar 
narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi, boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda, 
nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar 
narxining darajasiga teskari mutanosibdir. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni, 8-ilova. № 215. 


373 
5.
Real ish haqi uch omil bilan aniqlanadi: birinchidan, nominal ish haqining 
miqdori bilan; ikkinchidan, amaldagi soliqlar yuki bilan; uchinchidan, iste’mol 
tovarlari narxlari darajasi bilan. 
6.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi 
yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat 
mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar 
malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi 
tartibga solib turiladi. 
7.
Ko‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishidagi 
ishsizlikni ijtimoiy kafolatlash, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va 
ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda kasaba 
uyushmalari asosiy rol o‘ynaydi. 
8.
Kasaba uyushmalari o‘zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida 
manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil 
etilishi mumkin. Yopiq turdagi kasaba uyushmalari
 
ish haqi darajasini oshirish 
uchun ishchi kuchi taklifini qisqartirishga harakat qilsalar, ochiq turdagi kasaba 
uyushmalari ish haqi darajasi bo‘yicha shartnoma tuzishda korxona ma’muriyatiga 
bevosita ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin