385
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchigai sarflangan kapital o‘rtasidagi
nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar
natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha maxsulot qiymatning bir qismi
renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi.
Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi – yerning miqdori va
sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas.
Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi va o‘rtacha
unumdor yer uchastkalarida tashkil etish bilan cheklanish mumkin emas. Qishloq
xo‘jaligi mahsulotlariga talab ko‘p bo‘lganligi uchun yomon, kam unumli yerlarda
ham ishlab chiqarishni tashkil etish zarurdir. Agar
ishlab chiqarilgan mahsulot
to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki
joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini
tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi
yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar ustama qo‘shimcha mahsulot va
binobarin qo‘shimcha foyda oladilar. Demak, differensial renta hosil bo‘lishining
tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati (unumdorligi) dagi farqlardir, uning
ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan
yerlarda iqtisodiy jihatdan
alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir.
Differensial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I
va differensial renta II ga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: