384
mahsulotlarini ishlab chiqarishda vujudga keluvchi yer rentasi; foydali
qazilmalarni qazib olish chog‘ida vujudga keluvchi renta; o‘rmon
resurslaridan
foydalanishda hosil bo‘luvchi renta; qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta va
h.k. Barcha turdagi tabiiy resurslar yer bilan uzviy bog‘liq bo‘lganligi sababli
ulardan foydalanishda rentaning vujudga kelishi uchun bir-biriga o‘xshash shart-
sharoitlar mavjud bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan
foydalanishning iqtisodiy
shart-sharoitlariga nisbatan ishlab chiqilgan renta munosabatlarini tahlil qilish
uslubiyoti rentaning barcha turlariga tegishli bo‘ladi, shunga ko‘ra ularni yer
rentasiga kiritish to‘g‘ri bo‘ladi. Haydaladigan er,
qurilish uchastkasi, ruda koni,
baliq ovi, o‘rmon va boshqalardan to‘lanishidan qat’iy nazar, renta ko‘rinishidagi
mazkur pul summasi yer rentasi deb ataladi
1
.
Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch
shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i
shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli
mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab
quyidagi turlarga ajratiladi:
absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan)
renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan
olinadigan renta. Yuqorida aytib o‘tilgan qator nazariyalarni hamda yer rentasining
tarixiy va zamonaviy shakllarini umumlashtirib aytish mumkinki, yer
Dostları ilə paylaş: