Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Absolyut renta.
Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy 
mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. 
Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik 
shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va 
boshqalar. Yer
ga bo‘lgan mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha 
yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar, yer egalariga absolyut renta deb 
atalgan rentani olishga imkon beradi.
Absolyut yer rentasining vujudga kelish 
mexanizmi shundan iboratki, yer egalari (xususiy, davlat, cherkov, masjid) yerni 
ishlovchi ijarachilarga (fermerlar, tadbirkorlar) foydalanish uchun ma’lum 
miqdorda ijaraga beradilar va ulardan erdan foydalanganlik uchun to‘lovlar 
oladilar. Mana shu to‘lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga 
berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo‘lsa, ularga 
to‘lanadigan haq alohida hisoblanadi va ular ijara haqi deb ataladi. 


389 
Agrar munosabatlarni tadqiq qilar ekanmiz, nima uchun qishloq xo‘jalik 
ishchilari yaratadigan qo‘shimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari 
o‘rtasida qayta taqsimlanmaydi, nima uchun qishloq xo‘jaligida olinadigan 
daromad o‘rtacha foydadan yuqori bo‘ladi, bu hodisaning sababi nimada, degan 
savollar tug‘iladi.
Tarixan shunday bo‘lib qolganki, ko‘pgina mamlakatlarda, jumladan, bizning 
mamlakatimizda ham qishloq xo‘jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi 
sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo‘jaligida yaratilgan tovarlarning 
bozor qiymati, ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo‘shimcha qiymat 
miqdori jamiyatda shakllangan o‘rtacha foydadan ortiq bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik 
tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi o‘rtasidagi bu tafovut 
absolyut renta manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Renta nazariyasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi – 
monopol renta
ham mavjud bo‘ladi. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, 
ba’zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus 
ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) etishtirish uchun imkoniyat 
yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori 
bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada 
monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori 
bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. 
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin