399
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor
oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng
zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta
ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish
bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish,
agrokimyo,
moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini
yanada kengaytirish;
- sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya
va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarish
sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq
xo‘jaligi texnikasidan foydalanish;
- kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy
er-iqlim va ekologik
sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini
hamda yuqori mahsuldorlikka ega chorva mollari zotlarini yaratish va ishlab
chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
- global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha
tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.
Ushbu harakatlar strategiyasiga ko‘ra, Yer va suv resurslaridan oqilona
foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish lozim
bo‘ladi, bunda: paxta ekin maydonlarini 49 ming gektarga va g‘alla maydonlarini
10 ming gektarga qisqartirish; qisqartirilgan ekin maydonlariga boshqa qishloq
xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, jumladan, kartoshka — 8,1 ming gektar, sabzavot
— 27,2 ming gektar, intensiv bog‘ — 5,9 ming gektar, tokzor — 2,9 ming gektar,
ozuqa ekinlari — 10,9 ming gektar va moyli ekinlar — 4 ming gektar.
1
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 8-ilova, 161 qator.
400
Bundan
tashqari, O‘zbekistonda yangi «O‘zagroeksportbank» aksiyadorlik
tijorat banki tashkil etiladi. Bank eksport qiluvchi tashkilotlarni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport imkoniyatlarini samarali va
barqaror rivojlantirishni ta’minlash, agrosanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar
va aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.
Prezidentimizning 2016 yil 12 apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz
mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, meva-sabzavot mahsulotlari etishtirishga
davlat buyurtmasi joriy etildi. G‘o‘za maydonlari qisqartirilib, bo‘shagan
maydonlarga meva-sabzavot ekinlari ekildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi 6,8 foizga ko‘paydi.
1
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning
sug‘oriladigan yerlari sharoitida takroriy ekinlarni ekib o‘stirish,
har bir gektar
erdan ikkinchi marta mahsulot etishtirishga imkoniyat yaratadi. Ushbu maqsadda
2017 yilda g‘alladan bo‘shagan 954,3 miing gektar maydonlarga takroriy ekin
ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, maydonlarning asosiy qismiga eksportbop sabzavot,
poliz va kartoshka ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.
Yuqorida ta’kidlangan agrar islohotlarni amalga oshirish va uni yanada
chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlari respublikaning xususiyatlari va bozor
iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqadi. Lekin agrar sohada mehnatning yangi
texnika va texnologiyalari hamda energiya bilan qurollanish darajasi va binobarin
mehnat unumdorligi nisbatan pastligicha qolmoqda.
Ishchi va xizmatchilarni
moddiy rag‘batlantirish tizimi hozirgi davr talabiga javob bermaydi. Bularning
hammasi bu sohada tub burilish yasovchi xo‘jalik yuritish tizimini yaratishni
taqozo etmoqda.
1
http://uza.uz/oz/society/takroriy-ekin-shimcha-daromad-21-07-2016
- O‘zbеkiston Rеsupblikasi axborot agеntligi
rasmiy sayti