406
obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish,
xalq bilan
muloqot qilish maqsadida Buxoro viloyatiga 2017 yil 10-11 mart kunlari qilgan
tashrifida klastеr tizimi haqidagi g’oyani ilgari surgan edilar va 2018 yil 16-17
fеvraldagi tashriflari chog’ida yangi boshlangan “Paxta va to’qimachilik klastеri”
loyihasi bilan yaqindan tanishib unga alohida e'tibor bilan qaradilar. “Klastеr
usuliga biz O’zbеkiston paxtachiligining kеlajagi sifatida qaramoqdamiz” dеb
ta'kidladilar. Bu voqеa butun rеspublika aholisi, paxtakorlari uchun ayniqsa
tadbirkorlar uchun muhim voqеa bo’lib, odamlarning ertangi kunga ishonchini
yanada mustahkamladi, ezgu sa'y-harakatlarga shijoat bag’ishladi.
Bu loyig’adagi klastеr xo’jaligi 2018 yil hosilidan tayyorlangan mahsulotlar
eksportini 45 million, 2020 yilda 100 million, 2021 yilda 150
million AQSh
dollarigacha yеtkazishni asosiy maqsad qilib qo’yganlar. O’z navbatida,
O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda oliy o’quv yurtlari
talabalari amaliyot o’tashlari uchun sharoit yaratish, kеlgusida ularni ishga qabul
qilishga kеlishilgan.
Ilmiy va amaliy g’oyadan boshlanuvchi ilmiy-tadqiqot, fan, ta'lim, qishloq
xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishning faol hamkorligi mahsuli bo’lgan bu
xo’jalik tizimi, yangilanishlarga asoslangan holda to’kin va farovon hayot, ijtimoiy
va iqtisodiy yuksalishni ta'minlovchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Ayrim kuzatuv va o’rganishlar ko’rsatadiki,
jahondagi yirik innovatsion
markazlarning shakllanishi va rivoji o’ziga xos bo’lib, har biri bеtakror tarixga ega.
Ularning faoliyati ish yuritishga yondashuvi, xodimlarning bilim darajasi, ishlab
chiqarish holati, davlat siyosati, fan va ta'lim muassasalari salohiyati, ishchi kuchi
omili kabi qator omillar bilan chambarchas bog’liqdir.
Tobora jadallashib, shaffoflashib borayotgan hozirgi davrda “klastеr
xo’jaligi” innovatsiyalarni yanada kеngroq o’zlashtirishga intilmoqda. Buning
uchun har xil, jumladan,
davlat tadqiqot tashkilotlari, ilmiy muassasalar, mijozlar
va ta'minotchilar bilan ham ishlamoqda. Innovatsion sohada hamkorlik bu
innovatsion jarayonlarni kuchaytiruvchi, uyg’unlashgan, faol innovatsion muhitni
407
shakllantiruvchi, stratеgik shеriklar va ta'minotchilar o’zaro tajriba almashinuvini
hamda yuksalishi va yangilanishini ta'minlaydi.
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 19 maydagi “Buxoro
viloyatida zamonaviy paxta – to’qimachilik klastеrini yaratish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi PQ-2978 sonli qarori va unda yuklatilgan
vazifalarga javoban
Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlovchi, aholi turli
qatlamlarining bandligini, rеal daromadlarini izchil oshiruvchi, milliy boyligimiz
paxtani ekishdan boshlab xosil еtishtirish, uni chuqur qayta ishlab uning barcha
tеxnologik bosqichlaridan o’tib, tayyor mahsulot еtishtirishgacha bo’lgan
tizim
yaratish ko’zda tutildi. Bu loyiha ishlab chiqilib, to’qimachilik va еngil sanoatni
yanada rivojlantiruvchi, turli fan, ta'lim sohalari olimlari, ishlab chiqarish
mutaxassislari,
iqtisodchilar hayotiy tajriba, malaka, bilimlariga ega bo’lgan
kishilar kishilar bilan maslahatlashildi va u qaldirg’och loyiha to’g’risida fikr
almashildi. “Paxta - to’qimachilik klastеri” “Bukhara Cotton Textile” O’zbеkiston-
Britaniya QK, “ParaglideLTD” QK va “Petromaruz” (Rossiya) kompaniyasining
123,1 million AQSh dollari hajmidagi xorijiy sarmoyalarni kiritish bilan
shakllantirilmoqda. Loyihaning Bosh muvofiqlashtiruvchisi (Buyuk Britaniya) va
mahalliy xokimiyat tomonidan boshqariluvchi ushbu klastеrga kiritilayotgan
sarmoya asosan mavjud yigirish, to’quv va tikuv-trikotaj quvvatlarini joyida
yiriklashtirish va modеrnizatsiya qilishga yo’naltiriladi. Bu majmua ichki va tashqi
bozorga yiliga 1,5 million dona tayyor mahsulot, 2,5 ming tonna kalava ip, qariyb
4 million pogono mеtr to’qima еtkazib bеrish imkoni yaratilgan.
Hozirgi paytda bu loyiha to’la ravishda qurilib bitkazilgan va ishga
tushirilgan.
Muhimi shundaki, bu tashabbus boshqalar tomonidan qo’llab-
quvvatlamoqda, turli viloyatlarda turli yo’nalishdagi klastеr xo’jaliklari tashkil
etilmoqda.