ikkinchi bosqichi
2001-2012 yillarni o‘z ichiga olib, ushbu
davrda fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi sohasidagi asosiy xo‘jaliklari turiga
aylandi hamda ushbu davrda quyidagi asosiy ishlar amalga oshirildi:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi PF-3226-
sonli Farmoniga asosan zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz
shirkatlar negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi, fermer xo‘jaliklariga yer
395
maydonlari tanlov asosida ellik yilgacha meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga
berildi;
– Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minot va xizmat
ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish,
bajarish va bajarilishini monitoring qilish tartiblari belgilandi;
– 2004 yil 26 avgustda yangi tahrirda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomi,
faoliyatining tashkil etilishi hamda ularning huquq va majburiyatlari to‘liq belgilab
berildi;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 5 noyabrdagi PQ-725-
sonli Qaroriga muvofiq hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini davlat budjeti
hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratildi;
– barcha qishloq xo‘jaligi yer maydonlari to‘liq inventarizatsiya qilinib,
fermer xo‘jaliklarining faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer
maydonlari optimallashtirildi.
2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 92,6 mingta fermer
xo‘jaligi, 5 mln.ta dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari va 27,6 mingta qishloq
xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda
1
.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi 2019 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining
25,5 foizini etishtirib berdi (13.4-jadval).
Jadvaldan ko‘rinadiki, Respublikamiz agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan
tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida qishloq xo‘jaligining
asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. O‘tgan 2010-2019 yillar oralig‘ida
joriy narxlarda qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti qiymati o‘sib borish dinamikasiga
ega bo‘lib, 2010 yildagi 151810,7 mlrd. so‘mdan 2019 yilda 130599,9 mlrd.
so‘mga etgan.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida.
|