413
iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta
yakkahokimligi yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi. Buning
oqibatida ulkan tabiiy, mineral-xomashyo, mehnat
va inson salohiyatiga ega
bo‘lishiga qaramay, respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy
va gumanitar sohalar rivoji bo‘yicha oxirgi o‘rinlardan birida turar edi
1
.
Mustaqillik yillarida yangi
energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat
tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab
yirik inshootlar, korxonalar, zavod va
fabrikalar qurilganligi, energetika, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi
iqtisodiyotdagi
tarkibiy
o‘zgarishlar,
modernizatsiyalash,
yangilash,
diversifikatsiyalash, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni
shakllantirish va mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda
mustaqil
amal
qiladigan
bozor
iqtisodiyotining
infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug‘urta, bojxona
tizimlari va boshqa qator funksional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi. Shunday
qilib, O‘zbekistonda erkin, zamonaviy bozor munosabatlariga
asoslangan yangi,
mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy
iqtisodiyot shakllantirildi.
“Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni
yanada barqaror va
jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda”
2
.
Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan
murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda
tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini
tavsiflab beradi.
1
O‘zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li. Birinchi Prеzidеnt Islom Karimovning O‘zbеkiston
Rеspublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt Dеvonining O‘zbеkiston mustaqil-ligining 16 yilligiga
bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so‘zi, 2007 yil 31 avgust.
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni.