Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə318/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

birinchidan,
bizga ma’lum 
vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning 
faoliyat yuritishiga bevosita ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. 
Ikkinchidan,
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi, milliy mahsulot va uning 
tarkibiy qismlari harakatining barcha bosqichlarida, ya’ni ishlab chiqarish, 
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish 
imkonini beradi. Nihoyat, 
uchinchidan, 
mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud 
resurslar va ulardan samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, 
tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi. 
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy 
daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, 
inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy 
faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi. 
14.2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy
qismlari va harakat shakllari 
Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda tarkibiy jihatdan o‘zgarib, 
yangilanib, miqdoran ko‘payib va sifat jihatidan takomillashib borar ekan, bu 
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari 
ham to‘xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib turadi. 
Jamiyat miqyosidagi 
ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va 
takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish deyiladi. 


418 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin: 
oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin