420
qadar AQSh va Yaponiyada YaMM ko‘rsatkichi qo‘llanilar edi, endilikda bu
mamlakatlar ham YaIM ko‘rsatkichini qo‘llay boshladilar.
Hozirgi paytda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi hisobga
olinmoqda. Shuning uchun biz bundan keyingi o‘rinlarda yalpi ichki mahsulot
to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Mamlakatimizda oqilona iqtisodiy siyosat yurgizilib, taraqqiyotning o‘zbek
modelida belgilangan strategik tamoyillarni izchil amalga oshirish natijasida
makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib kelinmoqda. Jumladan, YaIMning o‘sish
darajasiga qaraydigan bo‘lsak, 2019 yilda bu ko‘rsatkich 5,6 foizni tashkil etdi.
Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 2000 yildagi 20,2 foiz o‘rniga 2019 yilda 36,4 foizni,
xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘rniga 35,5 foizni tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligida esa 2000 yildagi 30,1 foizdan 2019 yilda 28,1 foizga o‘zgardi
(14.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: