Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə328/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ettinchi bosqich
2008 yildan keyingi davrlarni o‘z ichiga olib, MHTni 
yanada takomillashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
1
Shu bilan birga ta’kidlash joizki, hali bu hisoblar tizimining zaif va bo‘sh 
joylari anchagina bor. Masalan, unda takror ishlab chiqarishni o‘z maromida olib 
borishni ta’minlash nuqtai nazaridan qaraganda YaIMning muhim tarkibiy 
qismlarini, jumladan, amortizatsiya ajratmalari SIM, milliy daromad, zaruriy va 
qo‘shimcha mahsulot kabi ko‘rsatkichlarni mamlakat miqyosida, tarmoqlar va 
hududlar kesimida hisoblashning usullari ishlab chiqilmagan va ularni hozirgacha 
aniq hisobga olishning imkoni bo‘lmayapti. 
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad 
va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi 
umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, 
amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: 
iste’mol, investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar 
makroiqtisodiyotning me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini 
1
Q.Mambеtjanov. Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida milliy hisoblar tizimini takomillashtirishning nazariy 
asoslari. // I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. Toshkеnt – 2012. 8-9 bеtlar. 


428 
aniqlashga yordam beradi. Hozirgi vaqtda milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch 
xil usul bilan hisoblanishi mumkin: 
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha 
yondashuv.
Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan 
qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Qo‘shilgan qiymatni aniqlash 
jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg‘i, materiallar 
qiymatini chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YaIMni hisoblashning mazkur 
usuliga tegishli ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va 
shartli misollarni darslikning 2-bobida ko‘rib chiqqan edik. Bu usul bilan 
hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotni yaratishdagi o‘rnini va 
hissasini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin