Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Xufyona iqtisodiyot – bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə325/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xufyona iqtisodiyot – bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning 
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv 
organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida 
amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. 
Bu munosabatlar o‘z 


425 
ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan 
turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1) 
jinoyatga aloqador iqtisodiyot
– rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy 
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday 
shaklidan yashiringan holdagi xufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor 
o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli 
sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – 
bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket); 
2) 
soxta iqtisodiyot
– hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta 
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar); 
3) 
norasmiy iqtisodiyot
– tovar va xizmatlarning ayriboshlash va taqsimlash 
bo‘yicha iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro aloqalar tizimi bo‘lib, u 
mazkur subyektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va bevosita aloqalarga 
asoslanadi; 
4) 
yashirin ikkalamchi iqtisodiyot
– yakka tartibdagi va kooperativ 
faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi. 
14.3. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash usullari 
 
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan 
foydalaniladi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin