426
mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan
shakli qo‘llanilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, ya’ni 1993 yildan boshlab
MHTdan foydalana boshladi. Q.Mambetjanovning
fikricha, hozirgi kungacha
milliy hisoblar tizimining rivojlanishini yettita bosqichga
ajratib o‘rganish
maqsadga muvofiq.
Birinchi bosqich
XVII asrning ikkinchi yarmidan 1930 yilgacha bo‘lgan
davrni o‘z
ichiga olib, unda milliy hisoblar tizimi ilk bor shakllana boshladi. Bu
bosqichda asosiy e’tibor milliy boylik va daromad ko‘rsatkichlarini hisoblashga
qaratilgan. Lekin, bu bosqichda milliy hisobchilik yagona bir tizim sifatida
shakllanmadi.
Ikkinchi bosqich
o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlandi va unda keynschilik
ta’limoti muhim o‘rin tutdi. Bu bosqichda asosiy e’tibor
milliy boylik va milliy
daromadni hisoblash usullarini takomillashtirish, iste’mol, jamg‘arma va
investitsiyalarning harakatini tahlil qilish, makroiqtisodiy
tahlil uchun zarur
axborot tizimini shakllantirish, uning davlat hokimiyatini boshqarishdagi rolini
oshirish va milliy hisoblar tizimining ayrim ko‘rsatkichlariga
aniqliklar kiritishga
qaratildi.
Dostları ilə paylaş: