427
qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi MHT-1993 andozasi
qabul qilindi. Unda MHTning to‘lov balansi va davlat moliyasi statistikasi bilan
o‘zaro bog‘liqliklari aniqlab olindi, MHTning bir nechta bo‘lim va boblari
yangilandi, operatsiyalar va ularni hisobga olish qoidalari, yalpi ishlab chiqarish,
kapital iste’moli va zaxiralari, bozor va nobozor ishlab chiqarishning nisbatlari
ko‘rsatkichlarini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi.
Oltinchi bosqichda
MHTning yangi andozasi, ya’ni MHT-2008 yaratildi va
hozirgi kunda ham amal qilmoqda. MHTning bu andozasida uning iste’molchilari
uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishning ixchamligi va shaffofligini
ta’minlash, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash, iqtisodiyot va uning tarkibiy
qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish, moliyaviy operatsiyalarni
hisobga olish usullarini takomillashtirish, uning ayrim konsepsiya va
kategoriyalariga aniqlik kiritish, soddalashtirish masalalari hal qilindi.
Dostları ilə paylaş: