Xususiy va ichki investitsiyalar mos
ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni
bildiradi.
Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida
iste’mol qilingan mashina, uckuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun
mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni hamda iqtisodiyotda
kapital qo‘yilmalar hajmiga har qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi
investitsiyalar mohiyatiga ko‘pa iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplash
summasi va investitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa tomondan
sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qo‘shilgan
investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi.
Davlat sarflari – bu mahsulotlar va iqtisodiy resurslarni, xususan ishchi kuchini sotib olishga davlatning (boshqaruvning quyi va mahalliy organlari bilan birga) qilgan barcha sarflarini o‘z ichiga oladi. Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat
ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog‘liq. Shu
sababli YaIMni sarflar bo‘yicha hisoblashda tovar va xizmatlarga chet elliklarning
sarflari, ya’ni eksport qiymati ham qo‘shiladi. Boshqa tomondan, iste’mol va
investitsion sarflar hamda davlat mablag‘larining bir qismi import qilingan, ya’ni
chet elda ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflanadi. Milliy ishlab chiqarish umumiy
hajmi asossiz oshib ketmasligi uchun import hajmi YaIM tarkibidan chiqariladi.
Eksport va import miqdorlari o‘rtasidagi farq tovar va xizmatlarning sof
430
eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Sof eksport ijobiy va salbiy
bo‘lishi mumkin.