433
sotib olingan va iste’mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib
tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
7.
Milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki
mahsulot
(YaIM)
ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Yalpi ichki mahsulot
umumlashtiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, u faqat mazkur mamlakat ishlab
chiqarish omillaridan foydalangan holda mamlakat ichida yaratilgan tovar va
xizmatlar jami hajmini namoyon etadi.
8.
Milliy hisoblar tizimi asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga
daromad va xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik
birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa
turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi. Hozirgi vaqtda YaIMni hisoblashda
ko‘proq harajatlarning to‘rtta guruhi hisobga olinadi: iste’mol, investitsiyalar,
davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning me’yordagi –
muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
9.
YaIM hozirgi vaqtda ko‘proq uch xil usul bilan hisoblanadi: 1) qo‘shilgan
qiymatlar bo‘yicha yondashuv; 2) sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuv; 3)
daromadlar bo‘yicha yondashuv.
Dostları ilə paylaş: