Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə335/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

15.1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir
qiluvchi omillar 
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o‘sishini ta’minlashda 
eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. 
Yalpi talab
(aggregate demand, AD)
– barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, 
korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib 
olinishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabning 
umumiy hajmidir.
Shuningdek, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi real pul 
daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha 


437 
iste’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo‘lgan talablari yig‘indisidan 
tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo‘ladi: shaxsiy iste’mol 
tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli iste’mol qiladigan 
ishlab chiqarish omillari – er, kapital va ishchi kuchi.
Iste’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o‘z 
ichiga oladi. Shuningdek, turli ko‘rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, 
korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan talabi ham turli-
tumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, 
transport vositalari, yonilg‘i, xomashyo, materiallar, ishchi kuchi va h.k.). 
Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo‘ljallangan tovarlarning turlari, 
miqdori, sifati hamda narxiga bog‘liq bo‘ladi. Uni quyidagi rasm orqali osonroq 
tushunish mumkin (15.1-rasm).
 
15.1-rasm. Yalpi talab miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda 
narxiga bog‘liqligi
1
 
Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan belgilash bizningcha, unga bir 
tomonlama yondashuv bo‘ladi. Masalan, investitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi 
o‘zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, belgilangan pul miqdori o‘zgarmagan 
holda ikki barobar kam investitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo‘ladi xolos. 
Bunda baho qancha oshsa sotib olinadigan investitsion tovarlar miqdori ham ana 
1
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 
Yalpi talab miqdori 
Istе'mol buyumlariga 
Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchiga 
Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) 
Qiymati (miqdor*narxi)
Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) 
Qiymati (miqdor*narxi) 
Ijtimoiy nafliligi (turlari, 
sifati va miqdori) jihatidan 
Qiymat jihatidan 


438 
shuncha kam bo‘ladi. Bunday holat investitsion yoki iste’mol tovarlarni shuncha 
ko‘paytirdik degan yolg‘on tasavvurga olib keladi. Shuning uchun masalaga ikki 
tomonlama: ham qiymat, ham naflilik jihatdan yondashish zarur bo‘ladii. 
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli 
omillar ta’sirida o‘zgarib turadi. 
Turli o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash 
usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. 
Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan 
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyotning alohida sohalari 
sarflarining yig‘indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni: 
NX
G
I
C
Y
d




,

bu yerda: 


Y
d
– yalpi talab;
C – uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari; 
G – davlat xaridi;
NX – sof eksport.
1
Professor V.Kamaev esa yalpi talabni real yalpi milliy mahsulot tarkibiy 
qismlariga bo‘lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo‘lishini hamda uni 
pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko‘rinishda ifodalanishini 
ta’kidlaydi: 
P
V
M
AD
/


,
 
bu yerda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tezligi;
P – narx darajasi
1

1
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, 
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005. – с.412. 


439 
Bundan ko‘rinadiki, V.Kamaevning fikricha yalpi talab pulning miqdori va 
narx darajasiga bevosita bog‘liqdir. Bu o‘rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, 
miqdori va sifatini e’tibordan chetda qoldiradi. 
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx 
darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) 
ishlab chiqarilgan tovarlar real hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx 
darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, 
boshqa sharoitlar o‘zgarmas deb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx 
darajasining oshishi ishlab chiqarishning real hajmiga bo‘lgan yalpi talab 
hajmining keskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir 
qismi sotilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi 
ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya’ni tovarlarning 
etishmasligiga olib keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi 
omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib 
keladi. 
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bu 
teskari bog‘liqlikni quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (15.2-rasm). 
Narx

darajasi 
AD
0 Y
Ishlab chiqarish real hajmi 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin