Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
15.2-rasm. 
Yalpi talab egri chizig‘i
2
 
1
Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е изд., перераб. 
и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, с.291. 
2
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan. 


440 
Rasmdan ko‘rinadiki, yalpi talab egri chizig‘i yakka talab egri chizig‘iga 
o‘xshaydi, biroq o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka 
talab egri chizig‘i turli narx ko‘rsatkichlarida alohida iste’molchining muayyan 
tovarga bo‘lgan talabi miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri 
chizig‘i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning real 
hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Agar yakka talab egri chizig‘ining pasayuvchanligi daromad va almashuv 
samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig‘ining 
pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lishi narxlar umumiy darajasining o‘zgarishi 
natijasida ro‘y beruvchi foiz stavkasi va import tovarlar xaridi ta’siri orqali 
izohlanadi. 
Foiz stavkasi.
Buning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o‘sishi 
bilan pulga bo‘lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining 
o‘zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o‘sishiga olib keladi. O‘z 
navbatida foiz stavkasining o‘sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini 
pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy 
jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun 
kredit olishni samarasiz qilib qo‘yadi. Shuningdek, tadbirkorlar ham foizning 
yuqori darajasida o‘zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar. 
Narx o‘zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yalpi talab umumiy 
miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni rasm orqali osonroq tushunish 
mumkin (15.3-rasm). 
Bu yerda biz narx oshgan holatda pulga bo‘lgan talabning, foiz stavkasining 
oshishini va nihoyat, yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx 
pasaysa, shu holatning teskarisi, ya’ni pulga bo‘lgan talab hamda foiz stavkasining 
pasayishi va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro‘y beradi.


441 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin