Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə327/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Uchinchi bosqich
(1953 yil) ikkinchi jahon urushidan keyingi davrni o‘z 
ichiga olib, davlatlar vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklash, iqtisodiy integratsiyani 
kuchaytirish ehtiyojidan kelib chiqib yondashildi. Ushbu bosqichda BMT 
Statistika komissiyasi tomonidan MHTning dastlabki andozasi MHT-1953 
tasdiqlandi.
To‘rtinchi bosqichda
(1968 yil) BMTning MHT-1953 andozasi ancha 
takomillashtirildi, olingan ma’lumotlarni taqqoslash imkoni tug‘ildi va MHTning 
boshqa qulay jihatlari ham ochib berildi.
Beshinchi bosqich
. 1993 yilga kelib ayrim mamlakatlarda milliy 
hisobchilikni yuritish tartibida katta farqlar mavjudligi tufayli ularning xalqaro 
qiyosiy taqqoslash imkoniyati buzildi, jahon bo‘yicha ko‘rsatkichlarni 
umumlashtirish masalasi murakkablashdi va jahon iqtisodiyotini tahlil qilish 


427 
qiyinlashdi. Shu sababli, milliy hisoblar tizimining yangi MHT-1993 andozasi 
qabul qilindi. Unda MHTning to‘lov balansi va davlat moliyasi statistikasi bilan 
o‘zaro bog‘liqliklari aniqlab olindi, MHTning bir nechta bo‘lim va boblari
yangilandi, operatsiyalar va ularni hisobga olish qoidalari, yalpi ishlab chiqarish, 
kapital iste’moli va zaxiralari, bozor va nobozor ishlab chiqarishning nisbatlari 
ko‘rsatkichlarini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqildi. 
Oltinchi bosqichda
MHTning yangi andozasi, ya’ni MHT-2008 yaratildi va 
hozirgi kunda ham amal qilmoqda. MHTning bu andozasida uning iste’molchilari 
uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishning ixchamligi va shaffofligini 
ta’minlash, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash, iqtisodiyot va uning tarkibiy 
qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish, moliyaviy operatsiyalarni 
hisobga olish usullarini takomillashtirish, uning ayrim konsepsiya va 
kategoriyalariga aniqlik kiritish, soddalashtirish masalalari hal qilindi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin