428
aniqlashga yordam beradi. Hozirgi vaqtda milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch
xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha
yondashuv.
Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan
qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Qo‘shilgan qiymatni aniqlash
jami ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg‘i, materiallar
qiymatini chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YaIMni hisoblashning mazkur
usuliga tegishli ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va
shartli misollarni darslikning 2-bobida ko‘rib chiqqan edik. Bu usul bilan
hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotni yaratishdagi o‘rnini va
hissasini aniqlash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: