Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə316/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va 
makrodarajadagi 
iqtisodiyotlarni, 
funksional 
iqtisodiyotni, 
ko‘plab 
infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
Milliy xo‘jalikning 
tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. 
Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar 
o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi: 
- mavjud ishlab chiqarish resurslari;
- resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy 
subyektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi;
- iqtisodiy subyektlarning ishlab chiqarish hajmlari;
- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol 
qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda rasm orqali 
tasvirlash mumkin (14.1-rasm).
14.1-rasm. Milliy iqtisodiyotning soddalashtirilgan tarkibiy tuzilishi 
Milliy iqtisodiyot me’yorida faoliyat qilish va barqaror o‘sishi uchun barcha 
tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liq holda mutanosibli 
rivojlanishi taqozo qilinadi. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining shakllanishida 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: mavjud bozor kon’yunkturasi, bozorlar sig‘imi 
va monopollashuv darajasi, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtiroki, 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanganlik darajasi, fan-texnika taraqqiyotining 
Milliy iqtisodiyot 
 
Iqtisodiy jihatdan nisbatan mustaqil 
bo‘g‘inlar 
Korxonalar 
Uy xo‘jaliklari 
Davlat (ko‘plab xo‘jalik 
yurituvchi birliklari bilan)


415 
miqyoslari, tavsifi va rivojlanish sur’atlari, ishlab chiqarish resurslarining sifati, 
hududlarning yer maydonlari va infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanganligi, 
ekologiya holati. 
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta murakkab jarayon 
bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga 
asoslanadi. Chunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ruy 
berib turadi. Jumladan, 2008 yilda AQShda boshlangan va hamon uning ta’siri 
sezilib turgan jahon-moliyaviy iqtisodiy inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o‘z 
ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday ta’sir quyidagi holatlarda aniq namoyon 
bo‘ldi: 
birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va 
rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ning 
jahon bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan 
olinadigan daromad hajmining pasayib ketishi; 
ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin tushib ketishi 
oqibatida mahsulot sotish hajmining qisqarishi; 
uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq 
muddatli investitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kechikishi va 
h.k. 
Milliy iqtisodiyotimizning barqaror va muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ushbu holatlarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning oldini 
olish va ta’sir oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar evaziga 
iqtisodiyotimizning yuqori o‘sish sur’atlari saqlab qolindi
1

Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning 
o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali, mikro- va makroiqtisodiy darajada 
aniqlanib, tahlil qilinadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin