Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə312/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
 
1.
Qishloq xo‘jaligi inson hayotida va iqtisodiyotning taraqqiy etishida 
muhim rol o‘yraydi.
2.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri 
shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – er, 
o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar 
bilan bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida 
qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan 
foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri 
foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
3.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, 
mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor 
chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan 
turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi.
4.
Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul 
bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o‘lchanmasligi tufayli, kapital qiymati 
tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan asosiy 
kapitalning ayrim turlari masalan, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish 
hayvonlari, sug‘orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo‘lmaydi. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish 
inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi, 
sanoat tarmog‘ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
5.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta 
munosabatlari yer egasi va uni ijaraga olib foydalanuvchi (tadbirkor) o‘rtasida 
mazkur erdan olinadigan foydani taqsimlash borasida sodir bo‘ladigan 
munosabatlardan iborat bo‘ladi. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga 
oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. 
6.
Hozirgi paytda turli mamlakatlarda vujudga kelish sabablari va shart-
sharoitlariga qarab renta quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, 


409 
differensial (tabaqalashgan) renta I va differensial renta II, monopol renta, qazilma 
boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta. 
7.
Fermer xo‘jaliklari mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi korxonalarining 
muhim shakllaridan biri bo‘lib qolmoqda va ularni rivojlantirishga e’tibor 
kuchaytirilmoqda. 
8.
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jalik sohalaridagi shakli agrobiznes 
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo‘jaligi bilan 
bog‘liq bo‘lgan biznes turlari kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnika yetkazib 
berish, ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik 
faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda 
sifatli qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz 
ta’minlash orqali foyda ko‘rishdan iborat. 
9.
Hozirgi vaqtda davlat agrar siyosatining muhim yo‘nalishlari qishloq 
xo‘jaligini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalashdan iboratdir.
10.
Klaster tizimi agrar sohada xo‘jalikni samarali yuritishning va agrosanoat 
integratsiyasini amalga oshirishning yangi tizimidir. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin