Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə319/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Oddiy takror ishlab chiqarish
deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
jarayonlarining hajm va sifat jihatdan o‘zgarmagan holda takrorlanishiga 
aytiladi.
Odatda bunday ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘proq o‘z ichki 
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan natural xo‘jalik va oddiy tovar xo‘jaligi 
davri uchun xos bo‘lgan. 
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
deb ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish miqyoslarining muntazam ravishda oshib borgan holdagi 
takrorlanishiga aytiladi.
Bu turdagi takror ishlab chiqarish hozirgi davrdagi 
barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga xosdir. 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy 
mahsulot yaratiladi. 
Milliy mahsulot
– mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan 
mahsulot va xizmatlar umumiy hajmidir. 
U barcha moddiy va nomoddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish hamda xizmatlarni o‘z ichiga olib, hozirgi bizning 
mamlakatimiz qo‘llayotgan milliy hisoblar tizimida yalpi ichki mahsulot (YaIM) 
deb yuritiladi. Milliy mahsulot ko‘rsatkichi oldingi davrlarda, masalan oldingi 
sobiq Sovet ittifoqi iqtisodiyotida jami ijtimoiy mahsulot (JIM) deb, boshqa 
ko‘pgina mamlakatlarda esa yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritilar edi. 
Yalpi 
milliy mahsulot – bu o‘z mamlakati yoki xorijda joylashgan milliy korxonalar 
tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami 
qiymatidir. 
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini 
aniqroq ifodalash va taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM)
 
ko‘rsatkichi
 
qulayroqdir. Shuning uchun hozirgi davrda deyarli barcha mamlakatlarda, 
jumladan mamlakatimizda ham bu ko‘rsatkichdan foydalaniladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin