416
tizimidir.
Makroiqtisodiyot o‘z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab
chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish
sohalarini, bank, moliya, sug‘urta, soliq,
bojxona tizimlarini o‘z ichiga oladi.
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyotini ham
o‘z ichiga oladi. Bu yerda ko‘proq milliy iqtisodiyot haqida so‘z yuritib, jahon
xo‘jaligi to‘g‘risida keyingi boblarda alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Milliy
iqtisodiyotning asosiy funksional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda
o‘sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo‘ladi. Milliy
iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgani
makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi –
takror ishlab chiqarish jarayonini obyektiv ravishda aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlardan
foydalanish
asosida
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat.
Bu maqsadga
erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va harakatini
obyektiv aks
ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan
yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda
iqtisodiy qonunlarning obyektiv amal qilishini
bilmasdan turib mamlakat
iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini obyektiv
ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar
amaliyotida o‘ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste’moli darajasini o‘stirishga
yo‘naltirish;
6)
aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o‘sishining yagona
manbai bo‘lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular
daromadlarining oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va
samarali o‘sishi ekanligini tushunish.
417
Ko‘pgina mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida
korxonalar faoliyatiga
baho berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar orqali
butun iqtisodiyotning holati, uning o‘sishi yoki pasayishi
tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini
belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar,
Dostları ilə paylaş: