391
Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning
narxi o‘sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega.
Amalda yer narxi yer uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab
omillarga bog‘liq.
Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik
maqsadlari uchun foydalanishga talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin.
Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yerga talab keskin o‘sadi, bu
tegishli ravishda yer narxining o‘sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga
asoslangan g‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan
to hozirgi davrgacha yer
narxi barqaror o‘sish tamoyiliga ega bo‘lib, faqat ayrim davrlardagina uning
pasayishi kuzatiladi.
13.3. Agrosanoat integratsiyasi va agrobiznes
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo‘jaligi
hamma vaqt sanoat, savdo
va boshqa tarmoqlar bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib
kelganligini hisobga olish
kerak. Chunki mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo‘jalik
xomashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish faqat
qishloq xo‘jaligining
holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg‘un
rivojlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Xuddi ana shu holat iqtisodiyot tarkibida
agrosanoat
majmuasini
bitta
pirovard
natijani
ro‘yobga
chiqarishga
bo‘ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: