Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Agrosanoat integratsiyasi
– qishloq xo‘jaligi bilan sanoat, ayniqsa, unga 
xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash 
tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda 
ularning uzviy birikish jarayonidir. 
Agrosanoat integratsiyasi ko‘p qirrali bo‘lib, u g‘oyat xilma-xil shakllarda 
namoyon bo‘ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun 
mamlakat ko‘lami, viloyat doirasi yoki korxona darajasida yuz berishiga bog‘liq. 
Butun mamlakat va mintaqalar ko‘lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq 


392 
xo‘jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, iqtisodiyotning oziq-ovqat 
(tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo‘lishi va rivojlanishida 
ifodalanadi. 
Hozirgi vaqtda agrasanoat integratsiyasi klaster xo‘jaligi shaklida tashkil 
topmoqda.
Qishloq xo‘jalik sohalarida foyda olish maqsadida olib borilayotgan 
tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi.
Agrobiznes tushunchasiga bevosita 
qishloq xo‘jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan 
shug‘ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo‘jaligiga texnikaviy, 
ta’mirlash xizmati ko‘rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va 
iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidir. 
Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integratsiyasi natijasida vujudga 
kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo‘g‘inlarini qamrab oladi. Agrobiznes 
faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda 
ko‘rishdan iborat. 
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo‘g‘ini 
fermer va dehqon 
xo‘jaliklaridir
. Chunki ular bevosita qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqaradi. Bu xo‘jaliklar o‘z erida yoki ijaraga olingan yerda ish yuritib, unda mulk 
egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o‘zi va oila a’zolari hisoblanib, ayrim 
hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo‘jaligining 
afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo‘shiladi, bu esa ishlab 
chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Fermer xo‘jaliklari mustaqil 
tuzilma bo‘lish sababli o‘z faoliyatini bozor kon’yunkturasiga tez moslashtira 
oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas’uliyat bitta 
faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo‘jaligining 
yashovchanligini ta’minlaydi. 
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin