Tarif stavkalari
– tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega
bo‘lgan ishchilarning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori majmui.
Mehnat shartnomalari
– korxona ma’muriyati va ishchilar o‘rtasidagi ishga
yollash bo‘yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat bo‘lib,
unda ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam
olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar
hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga
solish kabi masalalar ifoda etiladi.
Kasaba uyushmasi
– ish beruvchi va ishga yollanuvchi o‘rtasidagi mehnat
munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga
yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkiloti.
375
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Yaratilgan milliy mahsulotning qanday qismi ish haqi shaklini oladi?
2.
Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?
3.
Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o‘z qarashingizni
bildiring.
4.
Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o‘zgaradi?
5.
Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha?
6.
Tarif tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? Ularning har
birining ahamiyati va farqlanishini tushuntirib bering.
7.
Mehnat munosabatlari deganda nimani tushunasiz? Mehnat munosabatlari
kimlar tomonidan tartibga solinadi?
8.
Kasaba uyushmasi nima va uning qanday turlari mavjud?
9.
Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning qanday usullaridan
foydalanadilar?
10.
Mehnat shartnomasi nima va unda qanday masalalar o‘z ifodasini topadi?
|