496
muvozanatlashgan narxlar tarkibini o‘zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham
o‘zgarishiga olib kelishini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish modellari to‘g‘risida so‘z yuritiganda «nol
darajadagi
iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mazkur konsepsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu konsepsiya
tarafdorlarining fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o‘sish atrof-muhitning
ifloslanishi, tabiatga zaharli moddalarning chiqarilishi,
shahar qiyofasining
yomonlashuvi va boshka shu kabi ko‘plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi
mumkin. Aholi sonining tezlik bilan ko‘payib borishi, ishlab chiqarish
mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab chiqarish, ayniqsa, tabiiy resurslarning
kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o‘sish chegaralarini cheklab qo‘yadi. Buning
oqibatida ocharchilik, ekologiyaning buzilishi, resurslarning tugashi ro‘y berib, tez
orada aholi soni va sanoat ishlab chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga
ko‘ra, «nol darajadagi iqtisodiy o‘sish» konsepsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o‘sishni
maqsadga muvofiq ravishda ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb
hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o‘sish tovar va xizmatlar hajmining ko‘payishini
ta’minlashini
tan olsalarda, bu o‘sish bir vaqtning o‘zida turmush darajasining
yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar. O‘z navbatida, mazkur
konsepsiya muholiflari iqtisodiy o‘sishning
yuqori darajasini yoqlab, uning o‘zi
cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishini,
aynan yuqori darajadagi o‘sish sharoitida jamiyatning ijtimoiy zaif qatlamlarini
qo‘llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini ko‘rsatadilar. Atrof-muhitning
ifloslanishi esa iqtisodiy o‘sish oqibati bo‘lmay,
u tabiiy resurslardan
foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto‘g‘riligidan kelib chiqadi. Shunga
ko‘ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan foydalanishda
qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi bozorini
shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.