590
3.
Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo‘lib, turli omillar ta’siri
ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o‘zgarishlar, ishsizlik va h.k.)
ishchi
kuchining bir hududdan boshqa bir hududga ko‘chib o‘tishini bildiradi. Migratsiya
ikki darajada, ya’ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro‘y berishi mumkin.
4.
Iqtisodiyotning
barqarorligi
va
sog‘lomligini
aks
ettiruvchi
ko‘rsatkichlardan biri ishchilarning ish bilan ta’minlanish darajasi hisoblanadi.
Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda ma’lum darajada ishsizlik ham
mavjud bo‘ladi. Umuman olganda,
mehnatga layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan,
lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi. Namoyon bo‘lish xususiyati
va vujudga kelish sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional,
texnologik, hududiy, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi.
5.
«To‘la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda
ishsizlikning mutlaq mavjud
bo‘lmasligini bildirmaydi. Chunki, friksion va tarkibiy ishsizlikning bo‘lishi tabiiy
hisoblanadi, shu sababli to‘la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini
tashkil qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to‘la
bandlik
sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo‘ladi. Siklik
ishsizlik nolga teng bo‘lganda to‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga
erishiladi. To‘la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi
deb ataladi.
6.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan
mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni xohlagan va ishlay
oladigan barcha uchun yetarli miqdorda ish joylarini
yaratish holatiga ega
bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining
orqada qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan
kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa,
YaIM hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: