Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə478/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

xo‘jalik amaliyotiga joriy etish
vazifasini
bajaradi. Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni 
rivojlantirish va pul muomalasini jadallashtirish bilan 
muomala xarajatlarini 
tejash vazifasini
bajaradi. To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz 
berish va qarzni undirish) orqali 
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini
bajaradi. Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy subyektlar faoliyati 
ustidan 
nazorat qilish vazifasini
bajaradi. 
Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi 
iqtisodiyotni tartibga solish
hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat 
tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi.


632 
Kredit bir qator turlarda amalga oshiriladi. Tarixiy taraqqiyot davomida 
kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda 
mamlakat ichki aylanmasida 
pul kreditidan
kengroq foydalanib, u bank, tijorat, 
davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi. 
Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) 
tomonidan qarz oluvchilar (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori)ga pul 
ssudalari shaklida beriluvchi kredit.
Bank krediti yo‘nalishi, muddati va kredit 
bitimlari summasi bo‘yicha cheklanmaydi. Uning foydalanish sohasi ham juda 
keng, tovar muomalasidan tortib kapital jamg‘arilishigacha xizmat qiladi. 
Xo‘jaliklararo kredit
– bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga 
beriluvchi kredit.
U korxonalarning kapital qurilish, qishloq xo‘jalik sohalaridagi 
munosabatlariga, shuningdek, ichki xo‘jalik hisobi bo‘g‘inlari bilan 
munosabatlariga xizmat qiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   474   475   476   477   478   479   480   481   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin