Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə158/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

10.4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari
Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb ataladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo‘lib, uning qiymati – ko‘pchilikka ma’lum bo‘lganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko‘plab turdagi va miqdordagi nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta’minlashda; c) qiymatning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida qisman ishtirok etishda; d) eng muhimi, qo‘shimcha mahsulotni yaratishda va o‘zlashtirishda to‘liq ishtirok etishi orqali namoyon bo‘ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, u barcha ko‘rinishlarda ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi. Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib chiqaruvchi sabab – tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo‘lib, tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatni

xususiyatning namoyon bo‘lishi
Rasmdan ko‘rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o‘z navbatida tadbirkorlik kapitaliga ham o‘tadi. Chunki, u pul, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ko‘rinishidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo‘ladi.
Ayni paytda, kapital tovarlari o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan qiymatni ham namoyon etadi.
Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, ya’ni – bir turdagi naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o‘tishi va miqdor jihatdan ko‘payishi hamda qiymatning o‘sish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyat pirovardida yangidan yaratilgan tovarning ikki tomoni, birinchidan, sifat jihatdan yangi turdagi va ko‘rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko‘paygan naflilik, ikkinchidan esa, o‘tkazilgan va yangidan yaratilgan qiymatda namoyon bo‘ladi. Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi.
Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovarlar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi.
Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:
Iv P T

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin