Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə154/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Aksiyalarning nazorat paketi – aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni. Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyalarning 51 foiziga egalik qilish zarur. Amalda esa, aksiyalarning ko‘plab aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanib ketganligi u qadar yuqori salmoqqa ega bo‘lmagan aksiyalar sonini qo‘lga kiritish orqali ham nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya – sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli. U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aksiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. Uning qiymati aksiyadorlik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Aksiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksiyador talabi bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham mamlakatimizda korxonalarni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi1.
Marketing – bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning muhim yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlarini o‘rganib, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sifatini va hajmini unga mos rivojlantirish yotadi.
Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zarur bo‘lgan va bozorda sotish mumkin bo‘lgan tovarlarni zarur hajmda ishlab chiqarishni tashkil etishga yo‘llash tamoyiliga asoslanadi. Korxonaning ishlab chiqarish-texnikaviy, tashkiliy, investitsiya va boshqa faoliyati iste’molchining ehtiyojlariga, ularning yaqin istiqboldagi o‘zgarishiga yo‘naltiriladi. Xaridorlarning talablari tovar ishlab chiqarish hajmi va nomenklaturasini, mazkur talab va ehtiyojlarni qondirish asosida eng ko‘p foyda olishni ta’minlash yo‘llarini belgilab beradi.
Bu maqsadga marketingning quyidagi vazifalari orqali erishiladi:
korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing chora-
tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor muammolarini kompleks o‘rganish; iste’molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o‘rganish; sotishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; yangi tovarning konsepsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish.
Menejment – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va tamoyillarining majmui.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin