16.4-jadval
O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar dinamikasi
to‘g‘risida ma’lumot1
Yillar
|
Joriy narxlarda, mlrd. so‘m.
|
O‘tgan yilga nisbatan o‘sish (foizda)
|
2010
|
15409,1
|
109,2
|
2011
|
18291,3
|
107,9
|
2012
|
22067,0
|
112,7
|
2013
|
28694,6
|
112,1
|
2014
|
35233,3
|
109,9
|
2015
|
40737,3
|
109,6
|
2016
|
49476,8
|
109,6
|
2017
|
60719,2
|
107,1
|
2018
|
107333,0
|
118,1
|
2019
|
189924,3
|
133,9
|
Bu sohada o‘tgan davr mobaynida ko‘zga tashlanuvchi o‘ta muhim jihat – respublikamizda investitsiya faolligining sezilarli darajada oshganligidir. Ayniqsa, mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni jalb etish jarayonlariga bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlash chora-tadbirlarining ta’siri ahamiyatli bo‘ldi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida qayta ishlash sanoati yetakchilik qilmoqda. Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 51433,3 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning 27,1 % o‘zlashtirilgan. Uning tarkibida eng ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilgan 3 ta faoliyat turlari quyidagilar:
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 10719,0 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 5,6 %);
boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab chiqarish 8991,7 mlrd. so‘m
(4,7 %);
metallurgiya sanoati 8956,9 mlrd. so‘m (4,7 %).
Qayta ishlash sanoati bo‘yicha jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 33,3
% yoki 28854,4 mlrd. so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan bo‘lib, uning tarkibida yuqori ko‘rsatkichlarni to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 9,0 % yoki 7796,3 mlrd. so‘m, boshqa nometal mineral mahsulotlari ishlab chiqarish – 7,6 % yoki 6617,6 mlrd. so‘m, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish –
5,3 % yoki 4591,7 mlrd. so‘m o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi.
Elektr, gaz bilan ta’minlash faoliyat turida ham katta hajmda xorijiy
investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, jami 16734,1 mlrd. so‘m yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 19,3 %i o‘zlashtirildi.
Tog‘-kon sanoatida esa 15124,8 mlrd. so‘mni yoki jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida 17,5 % ni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |