Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-jadval Davlat budjeti daromadlari to‘g‘risida ma’lumot (mlrd.so‘m)1



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə299/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

21.1-jadval Davlat budjeti daromadlari to‘g‘risida ma’lumot (mlrd.so‘m)1

Asosiy budjet



















ko‘rsatkichlari

2012

2014

2016

2017

2018

2019

Davlat budjeti daromadlari

20614,1

31730,5

41030,7

49684,8

79099,1

112160,4

Shu jumladan:
Bevosita soliqlar

5196,4

7433,0

9853,6

11538,9

15436,6

31671,7

Bilvosita soliqlar

11187,8

16852,3

21131,0

26133,6

40949,0

46427,2

Resurs soliqlari

2746,4

4311,5

5306,2

6867,4

12663,4

19680,8

Boshqa daromadlar

1483,5

3133,7

4739,9

5144,7

10050

14380,7

21.2-jadval Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot (mlrd.so‘m)2

Ko‘rsatkichlar

2012

2014

2016

2017

2018

2019

Davlat budjeti xarajatlari

21571

31425,4

40930,0

49344,9

79 736,1

118008,6

Ijtimoiy soha va aholini



















ijtimoiy qo‘llab-quvatlash
xarajatlari

12513

18493,7

24106,7

26922,7

42901,1

63580,1

Iqtisodiyot xarajatlari

2372

3363,3

4346,9

5280,7

8461,8

18481,0

Markazlashgan



















investitsiyalarni moliyalashtirish

1059

1624,7

2131,8

3234,8

5396,4

7048,5

Davlat hokimiyati va



















boshqaruvi organlari, sud
organlari xarajatlari

629

1414,2

1790,8

1932,9

3666,1

6020,3

Boshqa xarajatlar

4735

6529,4

8553,8

11973,8

19310,7

22878,7

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, davlat budjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining salmog‘i yuqori bo‘lmoqda.
Xususan, ushbu xarajatlar 2012 yilda 12513 milliard so‘mga rejalashtirilib, jami budjet xarajatlarida 58 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib ushbu xarajatlar 63580,1 milliard so‘m hajmida bajarilgan va uning jami budjet xarajatlaridagi ulushi 53,9 foizini tashkil etadi. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan xarajatlar, birinchidan, nominal mazmunda va shuningdek, umumiy xarajatlar salmog‘ida ham ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmonining 3-yo‘nalishining 3.1-bandida “xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo‘naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish” masalasi qo‘yilgan.
Shunga mos tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Unga ko‘ra, ilk bor, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika budjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy budjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi. 2020 yildan boshlab barcha davlat maqsadli jamg‘armalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan davlat xarajatlari konsolidatsiyalashgan davlat budjetida aks ettirilib, budjet qamrovi va ochiqligi darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining hisobini yuritish yo‘lga qo‘yildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.
21.2. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi ro‘y beradi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining o‘sishi yoki kamayishi mutlaq miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo‘ladi.
Keyingi yillarda jahon iqtisodiyotidagi ayrim o‘zgarishlarning vujudga kelishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, 2019 yilda maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet

Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va
erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy

1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida hisoblandi.
sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
Budjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. O‘rnatilgan xalqaro standartlarga ko‘ra budjet taqchilligi YaIMning 2% darajasidan oshmasligi lozim. Budjet taqchilligi, asosan, davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo‘ladi. Davlat ichki qarzi – bu davlatning mamlakat ichida zayomlar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini chiqarish, turli nobudjet fondlari (sug‘urta fondi, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash fondi, pensiya fondi)dan qarz olish ko‘rinishidagi qarzlari.
Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim ko‘rinishlaridan biri davlat krediti hisoblanadi. Davlat krediti – davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida maydonga tushadigan barcha moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar
yig‘indisi.
Moliyaviy resurslarni davlat tomonidan qarzga olishning asosiy shakli – bu davlat qarz majburiyatlari (zayomlari)ni chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi.
Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha miqdorini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi.
Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to‘lovlari shaklida tobora ko‘proq qayta taqsimlanishga olib keladi.
Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olishi mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini engillashtirishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq.
Xo‘jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Davlat tashqi qarzi – xorijiy davlatlardan, ulardagi jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan olingan qarz.
Tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakat tovar va xizmatlari eksportidan tushumning ahamiyatli qismi, masalan, 20-25% dan oshib ketsa, bu holat mamlakatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada, chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. Shunga ko‘ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradilar. Bular qatoriga mamlakat oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko‘chmas mulklar, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobiga to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k.
Demak, davlat o‘z faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda ssuda kapitallarining ham milliy bozoridan, ham tashqi bozoridan qarz olishi mumkin.
Xalqaro kreditning tez o‘sishi, kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi mamlakat va mintaqalar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, ham davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga tashqi qarzlarning o‘sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o‘rinda eng asosiy muammo milliy iqtisodiyotning kreditor va debitor mamlakatlar iqtisodiyotiga bog‘liqligining kuchayib borishi hisoblanib, bu jarayonni mamlakatdagi ichki moliyaviy dastaklar bilan nazorat qilish imkoniyati bo‘lmay qoladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin