(masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldisotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lishi muomala vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Keyinchalik metall quymalari o‘rniga moneta (metall tanga)lar ishlatila boshlagan. Uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar eyilib ketishi, o‘z vaznining bir qismini yo‘qotishi sababli muomalaga to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi.
Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi.
Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog‘oz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to‘g‘risida so‘z yuritilganda, Amerika, G‘arbiy Yevropa va Rossiyada chop etilgan iqtisodiy adabiyotlarning ko‘pchiligida qog‘oz pulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar12.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydilar. Bizning nazarimizda qog‘oz pullar ham alohida tovar bo‘lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning kundalik hayotimizda deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida barcha valyuta ayirboshlash punktlarida pul savdosi sodir bo‘lib turibdi. Bu hodisa bir kunda bir marta emas million martalab sodir bo‘lmoqda. Mana shuning o‘zi qog‘oz pullarning tovar ekanligin isbotlaydi. Undan tashqari qog‘oz pullar ham boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To‘la qimmatli pullardan o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan pul belgilarini qo‘llashga o‘tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog‘oz pul oddiy tovarlarga xos bo‘lgan xususiyatlar – qiymat va iste’mol qiymatga ega bo‘lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin puldagi ikki xususiyatni – qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi.
Qog‘oz pul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega bo‘lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega bo‘lgan vakolatli «tovar» bilan o‘lchanadi3 (4.3-rasm).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalent bo‘lib emas, balki o‘z egasining qo‘lida foyda, daromad olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘zidan-o‘zi o‘suvchi qiymatga, bir so‘z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning natijasida qog‘oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog‘oz pul, tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel, sertifikat, to‘lov talabnomalari va