Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Qiymat to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə66/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4.3. Qiymat to‘g‘risidagi turli xil nazariyalar
Tovar qiymatining negizini aniqlash doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralarga sabab bo‘lib, bu borada quyidagi ikki asosiy yo‘nalish mavjud:

  1. qiymatning mehnat nazariyasi;

  2. qiymatning naflilik yoki keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi.

Qiymatning mehnat nazariyasi asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi. U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni aniq ko‘ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan. A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar» (1776) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo‘lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni aniq ko‘rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan. Demak, yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, tovarlarning har bir birligini ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag‘batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv qiymat qonunining mavjudligini e’tirof etadilar. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash uning qiymati asosida amalga oshishini, qiymatning

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin