Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə97/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

birinchi yo‘nalish – narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish;
ikkinchi yo‘nalish – Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish; uchinchi yo‘nalish – islohotlarning dastlabki bosqichida aholining kam
ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
Respublika uchun ijtimoiy himoyalash tizimini tanlab olishda xalqning uzoq yillar davomida qaror topgan ma’naviy ahloqiy qadriyatlari, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlari hisobga olinadi. Shunday qilib, islohotlarning barcha yo‘nalishlari mavjud iqtisodiy tizimning izchillik bilan bozor iqtisodiyotiga o‘sib o‘tishiga qaratildi. Bu islohotlar O‘zbekistonning mustaqilligini iqtisodiy jihatdan ta’minlash, uni iqtisodiy jihatdan rivojlangan va xalqaro miqyosda obro‘-e’tiborli mamlakatga aylantirishga xizmat qildi.
Islohotlarni yauqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash asosida taraqqiyotni jadallashtirish bugungi kunning muhim bosqichiga aylanmoqda.
Xulosalar

  1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.

  2. O‘tish davri quyidagi mezonlar bilan tavsiflanadi: sikllilik (jamiyatda u yoki bu tarkibiy o‘zgarishlarning qaytarilib turishi), beqarorlik (jamiyatda mavjud bo‘lgan turli kuchlarning kurashi va o‘zaro ta’siri), muqobillik (islohotlar va rivojlanish yo‘llarini tanlash imkoniyati), tarixiylik (eski tizimning yo‘qolib ketishi, o‘rniga boshqa tizimning vujudga kelishi, uning rivojlanishi).

  3. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishda tanlagan yo‘li besh tamoyilni o‘z ichiga olib, “O‘zbek modeli” deb nom qozongan model asosida – o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan iboratdir.

  4. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va xo‘jalik faoliyati yuritishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy etukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.

  5. Iqtisodiy islohotlarning bosh bo‘g‘ini mulkchilik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishdir, chunki shu orqali ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning shart-sharoitlari vujudga keltiriladi.

  6. Respublikada bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, iqtisodiyotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir.

  7. O‘tish davrida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni keng aholi qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishining asosiy sharti islohotlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligidir.

  8. Milliy taraqqiyotimizning hozirgi pallasida mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlari yanada kuchaytirilib, pirovard strategik maqsadimiz

– ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidagi harakatlar izchil ravishda amalga oshiriladi. Modernizatsiya juda keng tushuncha bo‘lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o‘zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg‘or andozalar tomon yo‘naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin