Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə109/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10%ga ko‘tarilsa, iste’molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi.

Iste’molchi daromadining bir foizga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Et Q D .

Bu yerda: Q – talab miqdorining foizli o‘zgarishi; D – daromadning foizli o‘zgarishi.
Misol uchun, iste’molchi daromadi oyiga 100 ming so‘m bo‘lganida 5 kg go‘sht mahsulotlari iste’mol qilib, daromadi 150 ming so‘mga qadar oshganda, uning go‘sht mahsulotlari iste’moli hajmi oyiga 7 kg ga yetdi, deb faraz qilaylik.
Iste’molchining go‘sht mahsulotlariga talabining daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichini hisoblaymiz:
2
Et  5 : 0,8 .

Ya’ni, iste’molchi daromadining 1% ga ortishi o‘z navbatida uning go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabi miqdorining 0,8% ga ortishiga olib kelmoqda. Xuddi talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi singari taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichini ham aniqlash mumkin.
Taklif hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning bir foizga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi.
Taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi (Etf) darajasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

E tf Q R ,




Bu yerda: Q – taklif miqdorining foizli o‘zgarishi;
R – narxlarning foizli o‘zgarishi.
Yuqoridagi 7.2-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, kartoshka narxining turli darajalaridagi o‘zgarishga muvofiq keluvchi taklif egiluvchanligi ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin. Masalan, 1 kg kartoshkaning dastlabki narxi 700 so‘mdan 600 so‘mga pasayishi sotuvchilar tomonidan taklif miqdorini 60 tonnadan 50 tonnaga qadar qisqartirilishiga olib kelgan. Bu holda, kartoshka taklifining narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi:
Etf  : 1,2 ga teng.
Ya’ni, kartoshka narxining 1% ga pasayishi uni bozor taklifining 1,2% ga qisqarishiga olib kelgan. Ta’kidlash lozimki, talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi singari taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichlari ham tovarning har bir muayyan narx darajasi uchun farqlanadi. Jumladan, jadvaldagi ma’lumotlar bo‘yicha kartoshka narxi 600 so‘mdan 500 so‘mga pasayganda taklif egiluvchanligi ko‘rsatkichi 2,4% ni, 500 so‘mdan 400 so‘mga pasayganda 1,7% ni tashkil etadi va h.k.
Taklif egiluvchanligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o‘zgarishiga ta’sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta’sir taklifning egiluvchanligida ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. Shu o‘rinda, talab va taklif egiluvchanligi ko‘rsatkichlarini aniqlashda ularning turli darajalarini umumiy holda baholash muhim o‘rin tutadi. Bunda asosan, quyidagi uchta holatni ajratib ko‘rsatish mumkin:


  1. Yüklə 3,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin