Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan katta (E



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə110/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan katta (ET, ETf>1).

Bunday talab yoki taklif «egiluvchan» yoki «nisbatan egiluvchan» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o‘zgarishi narxning foizdagi o‘zgarishiga qaraganda ahamiyatli darajada ro‘y berishini anglatadi;

  1. talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 ga teng (ET, ETf=1).

Bunday talab yoki taklif «birga teng egiluvchan» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o‘zgarishi narxning foizdagi o‘zgarishi bilan teng borishini anglatadi;

  1. talab yoki taklif egiluvchanligi koeffitsienti 1 dan kichik (ET, ETf<1).

Bunday talab yoki taklif «noegiluvchan» yoki «nisbatan noegiluvchan» deb ataladi. U talab yoki taklif etilayotgan tovar miqdorining foizdagi o‘zgarishi narxning foizdagi o‘zgarishiga qaraganda ahamiyatsiz darajada ro‘y berishini anglatadi.
Tovarlarning talab yoki taklif bo‘yicha egiluvchanlik darajasini bilish real hayotda ularning narx strategiyasini ishlab chiqish hamda tovar sotishdan olinadigan yalpi daromadni eng yuqori hajmiga yetkazishda ham muhim rol o‘ynaydi.
7.4. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasi
Hozirda iqtisodiyot nazariyasiga oid ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor talabining shakllanishi va namoyon bo‘lishini iste’molchining xatti-harakati orqali tushuntirishga harakat qilinmoqda. Bunda oldindan g‘arb adabiyotlarida mavjud bo‘lib kelgan turli nazariyalardan foydalanib, iste’molchi hatti-harakati nazariyasi alohida yo‘nalish sifatida bayon etilmoqda1. Talabalarni mazkur nazariyaning mohiyati bilan tanishtirish maqsadida uning asosiy tushunchalarini ko‘rib chiqamiz.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. Co‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasining mazmuni bilan IV bobda batafsil tanishib chiqqan edik. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati nuqtai nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi. Agar naflilikka iste’molchi o‘lchami bilan qaralsa, u iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin