Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə118/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo‘lish, yuqori foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarda ishlayotgan ishchilarning malakasi, ularning texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo‘lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining ahamiyatli qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoq ichidagi raqobat natijasida texnika darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasiga erishish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat kapitallarning foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat obyektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bular sof raqobat, sof monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyadir.
Sof raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Ayni paytda, ushbu mahsulot xaridor va iste’molchilarining soni ham juda ko‘p bo‘ladi. Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan nazorat o‘rnata olmaydi yoki nazorat sezilarsiz darajada bo‘ladi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan, yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo‘lmaydi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin