7.5-rasm. Befarqlik kartasi Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi hatti-harakatini tushunishda iste’molchi budjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi budjet chizig‘i shaklida ham aks ettirish mumkin. Iste’molchi budjeti chizig‘ining holatiga uning daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Misol uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 birlik V tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G budjet chizig‘ida joylashadi. Agar iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning budjet chizig‘i ham tegishli ravishda G1 holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, budjet chizig‘ining ham qisqarishiga va G2 holatiga siljishiga olib keladi (7.6-rasm).
7.6-rasm. Daromad o‘zgarishining budjet chizig‘iga ta’siri O‘z navbatida narxning o‘zgarishi ham budjet chizig‘idagi turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi (7.7-rasm).
7.7-rasm. Narx o‘zgarishining budjet chizig‘iga ta’siri Jumladan:
V tovar narxining pasayishi budjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (M chiziq);
B tovar narxining oshishi budjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (N chiziq);
A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski chiziqqa parallel bo‘lgan yangi chiziq hosil bo‘ladi (L chiziq).
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi deb faraz qilinadi:
1) mavjud va cheklangan budjetdan to‘liq foydalaniladi; 2) ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
birinchidan, tanlov nuqtasining budjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda barcha daromadini iste’molga sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga qoldirsada, nazariy jihatdan biz uning barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar nuqta budjet chizig‘idan chapda yotsa – uning to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda yotsa – imkoniyat darajasidan chetda ekanligini tushunamiz;
ikkinchidan, tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan kombinatsiyada bo‘lishi lozim (7.8-rasm). Bunda uchta befarqlik egri chizig‘i ifodalangan bo‘lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I3 – eng yuqori darajadagi qoniqish; I2 – o‘rtacha qoniqish; I1 – eng kam qoniqish. Har bir egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I1 da – C; I2 da – D; I3 da – F nuqtalar.
A
S