Ommaviy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi (9.4-rasm). Taklif miqdori Narx 9.4-rasm. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i Rasmdan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlar taklifi hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Taklif bo‘yicha narx egri chizig‘i (R1R2) bozor narxining tovarlar ommaviy taklifiga bog‘liqligini ifodalaydi.
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga keltirish maqsadida o‘z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular yangi narxlarni yanada yuqori darajada belgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi.Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o‘zgarishi quyidagi miqdoriy
bog‘liqlikni aks ettiradi: taklifga nisbatan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, talabning kamayishi bilan bozor narxi pasayib boradi. Bu bog‘liqlik 9.5-rasmda yaqqolroq aks ettirilgan. Rasmdan ko‘rinadiki, tik o‘qda muayyan tovarlarga talab hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi.