Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Hozirda banklar tomonidan aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kredit ajratish taklif etilmoqda



Yüklə 3,83 Mb.
səhifə156/400
tarix25.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148372
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   400
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Hozirda banklar tomonidan aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kredit ajratish taklif etilmoqda: chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilik, issiqxonalar qurish, baliqchilik, kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish, kasanachilikni rivojlantirish, hunarmandchilik, sartaroshxona xizmatini tashkil etish, tikuvchilik va chevarlikni qo‘llab-quvvatlash, poyabzal tuzatish ustaxonasini tashkil etish, umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish, maishiy texnikalarni tuzatadigan ustaxonalar tashkil etish, go‘zallik salonlari tashkil qilish, aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi shahobchalar qurish, avtomobillarni yuvish shahobchasi tashkil qilish, kompyuter xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish, savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hammomlar tashkil qilish, nonvoyxona tashkil qilish, qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.
Hududlarda kredit olish jarayonida investitsion loyihalar va biznes-rejalar puxtaligini ta’minlash maqsadida maslahat xizmatlari ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan tashqari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasining 3.4-bandiga ko‘ra, “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish”1, kabi vazifalar belgilangan.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanib, iqtisodiyotning mustaqil va samarali sektoriga aylanib bormoqda (10.1-jadval).
10.1-jadval. Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznesning ulushi2


Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   400




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin